Amerikalik milliarder, Facebook kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Piter Til Kremniy vodiysida AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning "Amerikani yana buyuk qiliş" rejasining yagona tarafdori bölsada,  biroq Trampning işlari rejadagidek ketmasa, Tilda "B rejasi" tayyor. 

Germaniyada tuğilgan va bolaligida AQŞ fuqarosiga aylangan Til 2011 yil martida Yangi Zelandiya fuqaroligini olgan. Bu haqda The New Zealand Herald naşri xabar bermoqda. 

Tilning ikkinçi fuqaroligi borligini u tomondan Vanaka kölida 10 mln dollarlik köçmas mulk obekti sotib olingani tafsilotlarini örgangan jurnalistlar aniqlaşdi.

Tilning matbuot xizmati bunga izoh berişdan boş tortdi. Naşrning ma'lum qilişiça, Yangi Zelandiya içki işlar vaziri Natan Gay boşqa amaldorlar tavsiyasiga köra Tilga fuqarolik bergan.