Internetda Ginness rekordlar kitobi rekordçisi Aleksandr Muromskiy tomoşabinlar hayqiriqlari ostida tovani ikkiga buklab taşlagani tasvirlangan video paydo böldi.
Hodisa Rossiyaning Oryol şahridagi talabalar basketbol assotsiatsiyasi yulduzlari uçraşuvida yuz berdi. Taym-autlardan birida Muromskiy öyin maydoniga çiqib, bir neça soniya davomida unga taşkilotçilardan tomonidan berilgan tovani naysimon şaklga keltirib qöydi.
Assotsiatsiya rasmiy saytining yozişiça, zarar körgan tova Moskvaga - talabalar basketbol assotsiatsiyasiga raislik qiluvçi Rossiya adliya vaziri Aleksandr Konovalovga jönatiladi.
Aleksandr Muromskiy Oryol viloyati ma'muriyatida işlaydi hamda jismoniy tarbiya va sport boşqarmasiga rahbarlik qiladi.
U Ginness rekordlar kitobi qömitasi tomonidan rasman qayd etilgan 9ta jahon rekordi sohibi hisoblanadi.








