Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 28 oktabrdagi “Töy-haşamlarni, ma'raka va marosimlarni tartibga soliş töğrisida”gi tarixiy Farmoni yil ötgan sari öz ahamiyatini yanada tölaroq namoyon etmoqda. Unda, jumladan, oilaviy tantanalarni ötkazişdagi şuhratprastlikka yöl qöyilayotgani röyi-rost bayon etilgan bölib, Farmondagi fikrlar xalqimiz orzu-umidining ifodasi edi.
Topilgan mablağni isrof etmaslik ayollar zimmasida ekanligini bayon etuvçi bir rivoyatni keltirib ötsak:
Avvalgi zamonlarda yaşagan oila rahbari bölgan er ming maşaqqat bilan toğdan ötin terib kelar ekan, xotini ötinlarni bir zumda qöni-qöşnilarga tarqatib yuborar ekan. Eri xotinining bu hunariga çiday olmabdi. Bir safar ötin yiğiş uçun xotinini ham olib boribdi. Bir amallab ikki boğ ötin töplaşibdi. Ortmoqlab qişloqqa kelişibdi. Ayol maşaqqatdan qaro terga botibdi. Rosa çarçabdi. Ötin terib keltiriş qançalik muşkul ekanini şundagina anglabdi. Ertasi kuni qöşnilar yana ötin sörab kelişganda ayol: “Ey qöşnilar özim terib kelgan ötindan bitta ham bera olmayman, ötin kerak bölsa men kabi özlaring terib kelinglar”, - debdi.
Qissadan hissa şuki, inson molini har doim bir manfaat yölida sarflaşni öz ruhida şakillantirişi lozim. Foyda keltirmasa, yöqolganday his qiliş ham yuksak insoniylik hisoblanadi. Ba'zi kişilar rözğorni juda ustalik bilan boşqaradilar. Tejamkorlik ularning tabiatiga huş yoqadi. Bu oliy tabiat uçun uydagi ayol ham tejamkor bölişi, isrofdan saqlanişi, şunda oilaning rivojiga sabab böladi. Çunki işlab topiş erning zimmasida bölsa, isrof qilmasdan sarf etiş xotinning zimmasidadir. Şu qoidadan kelib çiqib, yaxşi uy bekasi böliş uçun ayol kişi quyidagilarga diqqat qilişi lozim böladi:
- Sabzavot-mevalarning aynişiga yöl qöymaslik;
- Ovqatlarni iste'molga yaroqsizlanib qolişidan saqlaş;
- Ovqatlarni lazzatli qilişga harakat qiliş.
Qotgan nonlarni ham iste'mol qilişni ta'minlaş, ortganini çiqitga taşlab yuborişdan saqlaniş, balki uni oilada pazandalik yöllari bilan pişirib iste'mol qilişga odatlantiriş ayol zimmasidagi burçdir. Zero Hadisi şariflarda Payğambarimiz (s.a.v) “Nonni ehtirom qilinglar”, - deb ta'lim berdilar.
Oilani kiyintirişda ham oila jamğarmasiga qarab, isrofga yöl qöymay kiyinişni ta'minlaş. Hozirgi kunda köproq yangi çiqqan urf (moda)ning izidan quvişga yoşlar qiziqişi ziyodaligi sir emas. Aslida, kiyim sovuq-issiqdan saqlaşi, kibr, manmanlikdan uzoq bölişi maqsadga muvofiq böladi.
Bunga onaning tarixiy hikoyasini keltirişimiz mumkin.
Adab kitoblarida keltirilişiça aqlda va zakovatda zarbulmasal bölgan Umoma ismli ayol qiziga oilani mablağ mağzini barpo qiluvçi bir neça purhikmat sözlardan namuna keltirsak:
Nasihatlarni birida: “Qanoatli böl, çunki qanoat qalbga huzur bağişlaydi”, deyiladi.
Ona bu bilan öz qiziga oçközlik, manmanlik, kibru havoni tösuvçi söz bilan oila boy bölganda ham, kamçilik bölganda ham qanoat bilan sarf qilişni örgatmoqda. Er boy bölsa, bor narsani isrof qilmaslikka qanoat qilişlikni aytayotgan bölsa, yöqçilikda boriga qanoat qilişlikni tavsiya qilmoqda. Çunki qanoat – inson muhtoj narsalarning yetarli miqdoriga rozi bölişi, oçközlik qilmasligi, qanoat – nafaqat eru xotinga, balki barçaga barobar taalluqli gözal axloqli qoida ekanligi hamma zamonda e'tirof etilgan.
Hadisi şarifda aytiladiki: “Nafsning közi töymaydi. Bir çelak oltini bor kişi, oh, yana şunday bir çelak oltinim bölsaydi deydi”.
Qanoatning ikkinçi şarti esa, qöldagi ne'matlarni rejali sarflaş, isrofdan qattiq tiyilişlikni talab qiladi. Hayotda tadbirli kimsalar farzandlarining tasarrufi uçun boşqalarga qaram bölmaydi, birovlar uçun xuşomadgöylik qilmaydi, yolğon gapirmaydi, xirs va tama' balosiga duçor bölmaydi. Şuning uçun ham tejamkor bölişga intiliş kerak. Bu haqda hadisi şarifda: “Tejamkor bölgan kişi faqir bölmaydi”, deyilgan.
Xalqimiz iborasi bilan aytadigan bölsak, agar körpaga qarab oyoq uzatilmasa, kerakli-keraksiz narsalarga pul sarflanaversa, isrof va xarajat eşigi kattalaşib boraveradi. Isrofgarçilik bor yerda heç qaçon boylik bölmaydi.
Hazrati Abu Bakr Siddiq (r.a): “Bir neça kunga yetişi mumkin bölgan ozuqani bir kunda sarflagan oila ahlidan nafratlanaman”, degan ekanlar.
Hukamolardan birining aytişiça:
“Pulingga açin, uni isrof qilma, zero qözning quvvati qoraçiq bilan bölganiday, insonning hayotiy quvvati mablağ bilandir”, deb tejamkor bölişni gözal şaklda tavsiya qilgan ekan.
Faqat şuni ham qöşimça qilişimiz kerak-ki, tejamkor bölman deb keragiça yeb-içişdan qisilib, mablağ töplaş yöliga kirib ketiş maqsadga muvofiq emas, bu xasislik deyiladi. Xasislikka emas, balki mötadil bölişlikka çaqirib, öz nafsini baxillikdan saqlovçi kişilarni najot topuvçilar, deb nomlagan. Demak oyati karima mazmuni oilani isrofsiz sarf qilişlikka, oilani nasibasini qirqmaslikka çaqirmoqda.
Oilada topilgan mablağni isrofsiz tadbir bilan sarflaşlik haqida tobe'inlardan Xasan Basriy:
“Gözal tadbir va gözal idora yarim foydadir. Öz örniga işlatilgan ozgina pul, isrof qilib işlatilgan köp pulga qaraganda foydalidir”, degan ekanlar.
Dunyoda maşhur hakim Aflotun:
“Pulni tadbir bilan isrof qilmasdan xarjlaş aqllilikning boşidir”, deb mablağni isrofsiz sarf qilişga tarğib qilgan ekan.
Abdulhay TURSUNOV,
Özbekiston musulmonlari idorasining
Namangan viloyat vakili







