Dortmundning «Borussiya» klubi hujumçisi Per-Emerik Obameyangning manfaatlarini himoya qiluvçi agent Oskar Damiani «Real» boş murabbiyi Zaynidin Zidan mijozining madridliklar safiga transfer qilinişiga qarşi ekani haqida gapirdi.

«Per-Emerik yozda «Borussiya»ni tark etadi. U «Real»ga ötişni istamoqda, biroq uning orzusi yozda amalga oşadi deb öylamayman.

«Real»da bu transfer uçun pul bor, ular mijozim bilan şartnoma tuzişi mumkin, ammo hammasi Zidanga boğliq.

U Obameyangda Benzemaning örnini bosiş uçun yetarliça salohiyat borligiga işonç bildirmayapti. «Real»ning markaziy hujumçisi Kriştianu Ronaldu va Beyl bilan birga öynaşi lozim va Zidan Obameyangni bu vazifani bajara olişiga işonmayapti», deya Damianining sözlarini keltirgan Bernabeu Digital.

Bundan oldingi xabarlarda Obameyang rivojlanişni istasa, yozda boşqa jamoaga ötişi kerakligi haqida gapirgandi.

«Borussiya» rahbariyati Obameyangning sözlaridan darğazab böldi

«Borussiya» Obameyangga örinbosar topib qöydi