Filippin poytaxti Manila şahridagi tumanlardan birida kuçli yonğin yuz berdi. Buning oqibatida taxminan 15 ming kişi boşpanasiz qoldi, deb xabar bermoqda “Assoşieyted Press” axborot agentligi.
Manila portiga yaqin joyda bölgan Parola mavzesida bir keça davomida 2 mingdan ortiq turar-joy inşooti yonib ketdi, deyiladi xabarda. Öt öçiriş xizmati xodimlarining sözlariga köra, olov seşanba kuni keçqurun boşlangan. Hodisa yuz bergan joydagi turar-joylar 2-3 oilaga möljallangan bölib, bir-biriga juda yaqin joyda joylaşgan, buning oqibatida yonğin tezlikda butun mavzega tarqalib ketdi, deb xabar berdi agentlik.
Yetti nafar inson yengil tan jarohatlari oldi, yonğinda boşqa heç kim jabrlanmagan, deyiladi xabarda. Mavze aholisi yonayotgan uylardan qoçib çiqişga ulgurdi.

Manila ijtimoiy xizmatlari ertalab boşpanasiz qolganlarni vaqtinçalik turargoh bilan ta'minlaşdi. Ayni damda u yerda 3 mingga yaqin oila bor, deb xabar bermoqda agentlik.
Agentlikning ta'kidlaşiça, yonğin faqatgina ertalab butunlay öçirilgan.








