Turkiya qurolli kuçlari boş ştabi vakilining RIA Novostiga ma'lum qilişiça, Suriyaning Al Bob şahrini IŞID jangarilaridan ozod qiliş böyiça Turkiya armiyasi va Suriya qurollangan muxolifat kuçlari hamkorligida ötkazilayotgan janglar davom etmoqda.
Bundan avvalroq, Turkiya OAV boş ştab rahbari Xulusi Akarga asoslangan holda Al Bobnig ozod qilingani xususida xabar qilgan edi.
«Al Bobning egallanişi böyiça OAVda paydo bölgan xabarlarni izohlaşim qiyin. Ehtimol, jurnalistlar boş ştab boşliğining sözlarini notöğri tuşunişgan. Bir narsani tasdiqlay olaman, hozirda, Al Bobning aksar hududi uzra nazoratni örnatganmiz. Ammo, şahardagi janglar davom etmoqda. Ötgan kunda 15 jangari yöq qilindi. Bizning harbiy havo kuçlarimiz terrorçilarning 20ta punktini yöq qildi", — degan agentlik suhbatdoşi.











