«Katta yigirmatalik» davlatlari taşqi işlar vazirlarining ikki kunlik sammitida iştirok etiş uçun Şveytsariyaga kelgan AQŞ Davlat kotibi Reks Tillersonga mehmonxonadan joy topilmadi. Bloomberg xabariga köra, şahardagi barça mehmonxonalarda barça xonalar band bölgani uçun Tillersonga joy berilmagan.
Şundan söng, uni Bonn şahridan 30 daqiqalik masofadagi sanatoriyaga joylaştirişgan.
Qayd etilişiça, bu holatga Tillersonning uçraşuvda iştirok etişi keçikib tasdiqlangani sabab bölgan. Şu tufayli, sammit vaqtida Tillerson bilan uçraşmoqçi bölgan boşqa vazirlar, şu jumladan Buyuk Britaniya Taşqi işlar vaziri Boris Jonson sanatoriyagaça bölgan yölni bosib ötiş uçun ortiqça 30 daqiqa yöqotgan.
Şu kuni Tillerson va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning uçraşuvi vaqtida zaldan jurnalistlarni çiqarib yuborişgandi. Amerikalik siyosatçining faqat ilk sözlarini eşitişgan: «Salom. Rahmat, mister Lavrov, men ham sizni körib turganimdan mamnunman». Şundan söng amerikaliklar delegatsiyasi jurnalistlarni «haydagan». Ular öz harakatlarini izohlaşmagan.

Bu Tillerson va Sergey Lavrovning G20 TIV rahbarlari sammiti doirasidagi ilk uçraşuvi edi. Lavrov bu uçraşuv samarali va foydali keçganini ma'lum qildi.











