AQŞning Nyu-York şahrida joylaşgan, butun dunyoga maşhur Ozodlik haykaliga "Qoçqinlar, xuş kelibsiz" degan yozuvli banner ilib qöyildi. Bu haqda NBC New York naşri ma'lum qildi.  

Hozir politsiya haykalning tagkursisiga uzunligi 6 metrdan uzunroq bannerni kim ilib qöygan bölişi mumkinligini aniqlamoqda. Banner bir soatga yaqin ilinib turgan. 

Uşbu voqea uçun javobgarlikni ijtimoiy tarmoqlarda Alt Statue of Liberty akkauntini boşqaradigan noma'lum kimsa öz zimmasiga oldi. Uning aytişiça, bu guruh rasmiy guruh bölmay, "Amerikaga özlari işongan biror bir narsa haqida gapirib beriş zaruriyatini his qilgan oddiy odamlardir". 

"Biz Amerika dunyoda tinçlik mayoği ekanligini, mamlakat muhojirlar tomondan qurilganini eslatib qöymoqçimiz. Mamlakat yoki dinlarni çirmab oliş – bizning qadriyatlarga ziddir", deb aytgan akkaunt ma'muri.

Naşrning ta'kidlaşiça, AQŞning milliy yodgorliklarida qandaydir plakatlarni iliş noqonuniy hisoblanadi.

Ta'kidlaş joizki, voqea AQŞ içki xavfsizlik vazirligi immigratsiya sohasida çoralar qat'iylaştirilişini e'lon qilgan kun yuz bergan.