Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev öz turmuş örtoği Mehribon Aliyevani mamlakatning birinçi vitse-prezidenti etib tayinladi. BBC mazkur qaror yuzasidan ekspertlar fikrini örganib çiqdi.

Ozarboyjonda birinçi vitse-prezident lavozimining özi joriy qilinganiga köp vaqt bölmadi. Ötgan yilning sentabr oyida mamlakatda referendum ötkazilib, vitse-prezidentlar lavozimlari joriy qilingandi. Biroq birinçi vitse-prezident lavozimi şu kungaça böş edi.

Prezident Xavfsizlik kengaşi majlisida öz ayolini vitse-prezident sifatida taniştirdi. U Mehribon Aliyevaning "köp yillardan beri mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy va xalqaro faoliyatida muhim örin tutib kelgani"ni ta'kidladi. Aliyev turmuş örtoğini professional va insonparvar deya ta'rifladi.

Mehribon Aliyeva bundan avval "Yangi Ozarboyjon" partiya raisi örinbosari lavozimini egallab, şu partiyadan mamlakat parlamentiga tanlangandi.

Ayolning özi Xavfsizlik kengaşi majlisida şu kunga qadar erişgan yutuqlarini Ilhom Aliyevning qöllab-quvvatlaşi bilan izohladi. "Menga yuklangan mas'uliyatning jiddiyligini töliq anglab turibman. Işonamanki, sizning va menga işongan barça insonlarning işonçini oqlay olaman", - dedi u.

Quyida ekspertlarning bu boradagi fikrlari bilan bölişamiz.

Arkadiy Dubnov, MDH mamlakatlari böyiça ekspert

Mening fikrimça, Ilhom Aliyev otasi tomonidan yaratilgan davlat boşqaruv usuli - sulolalar ta'sirini muvozanatga keltirişga yönaltirilgan oilaviy usulga rioya qilmoqda. Nufuzli sulolalar ikkita - Aliyevlar sulolasi va Paşayevlar sulolasi (Mehribon Aliyeva şu sulola vakili).

Uşbu usul millat otasi Haydar Aliyev tomonidan joriy qilingan. U MDH mamlakatlari içida hukumatni topşirişning oilaviy turini amalga oşirgan birinçi va yagona yetakçi bölgan.

Mehribon Aliyevaning nufuzli lavozimga tayinlanişi hukumatni mustahkamlaş, sulolalar örtasida muvozanat saqlaş va Ilhom Aliyev hukmronligiga tösqinlik qiluvçi har qanday urinişlarning oldini oliş zarurati yuzasidan ham amalga oşirilgan.

Ozarboyjon qaysidir ma'noda qarindoş-uruğçilikka, ya'ni oilaviy boşqaruvga asoslangan. Bir neça yil ötgaç, Ilhom Aliyevning vakolat muddati tugaganidan keyin u boşqaruv vakolatini turmuş örtoğiga topşiriş ehtimoli bor.

Mehribon Aliyeva tizimli boşqaruv tajribasiga ega, u şunçaki uy bekasi emas. Bokuda ta'kidlanişiça, Haydar Aliyev u bilan juda iliq munosabatlarda bölgan. Şu bilan birga xalq bu ayolni yaxşi köradi.

Zardöşt Alizoda, ozarboyjonlik siyosatşunos

Öylaşimça, Mehribon Aliyevaning bu lavozimga tayinlanişi heç qanday ahamiyatga ega emas. Ozarboyjonda barqarorlik hukmron, hammasi ma'lum, hammasi tuşunarli, heç narsa özgarmaydi.

Haydar Aliyev hukmronlikni öz öğliga qoldirgan, öğli esa uni öz mulki deb hisoblaydi. Aholining bunga heç qanday aloqasi yöq: na tanlov va na bölayotgan işlarga - ular şunçaki kuzatişmoqda. Kuzatuvçilar millati.

Heç narsa özgarmayapti, na qaror qabul qiliş mexanizmi va na ijro mexanizmi. Şuning uçun men bu yangilikni mutlaqo xotirjam qabul qildim, buni köpçilik kutgandi.

Ozarboyjonda siyosat yöq. Siyosat - bu guruhlar va partiyalarning qonun doirasida musobaqalaşişi. Ozarboyjonda qonunlar işlamaydi, partiyalar deyarli yöq. Şunday ekan, siyosat ham yöq. Hukumatda birlaşgan kişilardan iborat guruh bor - hamma narsani şular hal qiladi.

Tofik Abbosov, Boku xalqaro multimadaniy markazi

Mehribon Aliyevaning mamlakatdagi reytingi yuqori. Uning milliy yiğiliş deputati sifatida öz pozitsiyasida juda faol, samarali faoliyat yuritgani hamda yangi qonunlar qabul qilişda iştirok etgani buni yana bir bor tasdiqlaydi.

U gumanitar va madaniy sohalarda bir neça muhim loyihalarni qabul qilgan. U bunga parallel ravişda Haydar Aliyev fondini boşqarmoqda. Mazkur fondning resurs bazasi yordamida mamlakatda köplab ta'lim markazlari, maktablar, yordam körsatiş markazlari qurilgan.

Men ijtimoiy fikrni örganiş böyiça sörovnoma ötkazganman. Körib turganimizdek, bu yangilik xalq tomonidan juda ijobiy qabul qilindi.

Ötgan yili Ozarboyjonda umumxalq referendum bölib ötgandi, unda mamlakat konstitutsiyasiga özgarişlar kiritiş masalasi muhokama qilingan edi. Şunda prezident öz vakolatlarini optimal asosda bölişiş maqsadida vitse-prezidentlik institutini yaratiş qarorini qabul qilgan.

Vazirlar mahkamasining reytingi u qadar yuqori emas. Şu bois jamiyatda hukumat tuzilmasini özgartiriş masalasi kötarilgan.