Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi MWC-2017 elektronika körgazmasida Android-planşeti Galaxy Tab 3, Windows-planşetlari Galaxy Book va virtual reallik vositasi hisoblanuvçi yangilangan VR-şlemni taqdim etdi. 

Kompaniyaning yangi avlod Android-planşeti yangi stilus qalamçasi S Pen bilan birga yetkazib beriladi. Qalam uçi 0,7 mmni taşkil etadi, bosiş sezgirligi ham kuçaytirilgan. Planşet 10 bitli rangdagi HDR videolarni öqiy oladi. Multimedia mahsulotdan qulay foydalaniş maqsadida 4ta ovozkuçaytirgiç örnatilgan. Ular AKG by HARMAN bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Bundan taşqari, uning muqobillik muddati ham uzaytirilgan bölib, Galaxy Tab 3 12 soat mobaynida videoni uzluksiz namoyiş eta oladi. Demak, tanişamiz, Galaxy Tab 3 xususiyatlari:

•  Displey: 9,7 dyuym, sifati 2048x1536 piksel, Super AMOLED;
•  Protsessor: Snapdragon 820 — 2,15 GGtsli 4 yadro + 1,6 GGtsli 4 yadro;
•  Xotira: 4 Gb operativ va 32 Gb içki örnatilganidan taşqari, microSD xotira kartalari ham mos keladi;
•  Kamera: asosiy 13 Mpli va 5 Mpli old kamera;
•  Akkumulyator: 6000 mA/s, tez quvvalanadi;
•  OC: Android 7.0 Nougat;
•  Ölçamlari: 237,3x169x6 mm, vazni 429 gramm.

Samsung kompaniyasining yangi Windows-planşetlari ikki namunada taqdim etildi. Bular 10,6 va 12 dyuymli ekranlarga ega elektronika mahsulotlaridir. Ulardan maxsus qoplama klaviatura evaziga noutbuk sifatida foydalaniş ham mumkin. Planşetlar videoni 10 soat mobaynida uzluksiz namoyiş eta oladi. Ularning texnik körsatkiçlari quyidagiça:

•  Displey: 10,6/12 dyuym, sifati 1920x1080/2048x1440 piksel, TFT/Super AMOLED;
•  Protsessor: Intel Core m3 / Intel Core i5 protsessorlarining yettinçi avlodi;
•  Xotira: 4 Gb operativ va 64/128 Gb içki xotira, microSD xotira kartalarini qöllab-quvvatlaydi;
•  Kamera: 13 Mp asosiy va 5 Mp old kamera (Galaxy Book 10,6 planşetida faqat oldi kamera örnatiladi);
•  Akkumulyator: 30,4 Vt/39,04 Vt, tez quvvatlanadi;