Hatto yomon sifatli internetda ham juda yaxshi ishlaydigan bepul Pinngle messenjeri foydalanuvchilarning ko‘p sonli talablariga ko‘ra o‘zining “Nakleykalar do‘konida” O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus ruknni ochdi. Unda O‘zbekiston, uning madaniyati va tarixi, an'analari va odatlari, taomlari va turmush tarzini qadrlovchilar uchun yaratilgan mavzuli stikerlar to‘plami taqdim etilgan.

Stikerlar to‘plamida alohida mavzu “O‘zbekfilm” studiyasida suratga olingan kinofilmlarga bag‘ishlangan: mazkur seriyaga kiruvchi har bir stiker — bu kinodan olingan bir kadr va allaqachon xalq orasida mashhur bo‘lib ketgan ibora. Ularni ota-onangizga, buvilaringiz va bobolaringizga ko‘rsating hamda Pinngle’ni ularning smartfoniga yuklab bering. Quvnoq  xotiralar va yangi muloqot formatiga qo‘shilgani uchun ular sizdan minnatdor bo‘ladi.

Ilovani YuKLAB OLISh:

         

Pinngle stikerlari oddiy surat emas, ularning har biri o‘z fe'l-atvori, ishoralari va hissiyotlariga ega bo‘lgan original illyutratsiya-obrazlardir. Ular nafaqat his-tuyg‘ular va o‘y-xayollaringizni ifodalashga, balki dunyoning turli burchaklaridagi do‘stlaringizni Navro‘z, Hayit bayramlari va Mustaqillik kuni bilan tabriklashga, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari aks etgan city-stikerni O‘zbekistonning go‘zalligini namoyish etish uchun xorijlik do‘stlaringizga yuborishga ham yordam beradi. Ular yordamida siz kayfiyatingizni bahamlashishingiz, kundalik ishlar haqida gapirib berishingiz, qaynonangiz yoki keliningiz ustidan shikoyat qilishingiz yoki uni maqtashingiz ( bu qaysi tomonda ekaningizga bog‘liq), yoki bugun tushlikka nima tanovul qilganingizni do‘stlaringizga gapirib berishingiz mumkin