Samsung korporatsiyasining haqiqiy rahbari Li Çje Yon işi böyiça birinçi eşituvlar 9 mart kuni boşlanadi. U Janubiy Koreyada 2015 yilda kompaniyaning ikki filiali birlaşişi davomida pora olganlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi sud bayonotiga asosan.
Avvalroq Janubiy Koreya sudi prokuraturaning Li Çje Yonni hibsga oliş haqidagi murojaatini tasdiqladi, şundan söng u qamoqqa olindi. Samsung rahbariyati esa maxsus bayonot bilan çiqdi. Unda kompaniya “bölajak sud jarayonida barça haqiqat aniqlanişi uçun qölidan kelgan hamma harakatni bajarişi” aytilgan.
Tergovga köra, aynan Li Çje Yon mamlakat prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi – Çxve Sun Silga moliyaviy kömak beriş haqida qaror qabul qilgan. Bu hukumat tomonidan ma'lum yengilliklar berilişi evaziga qilingan. Xususan, korporatsiya Çxve Sun Sil va uning qiziga tegişli bölgan hamda Germaniya röyxatdan ötgan firma hisob raqamiga bu kompaniya tomonidan göyoki körsatilgan konsultatsiya xizmatlari evaziga 18 mln dollardan köproq mablağni ötkazib bergan. Şuningdek Çxve Sun Sil tomonidan taşkil etilgan nodavlat jamğarmalarga yirik miqdorda mablağlar ötkazilgan. Tergovçilarning fikriça, Samsung buning evaziga, aksiyalari davlat pensiya jamğarmasi tomonidan boşqarilgan bir qator bölinmalarining qöşilişini amalga oşirişda qöllab-quvvatlangan.












