AQŞ elçixonasi axborotida aytilişiça, diplomatik missiya Irkutsk viloyatida odam ölimiga olib kelgan öpka ölatini yuqtiriş holati gumon qilinayotganidan, şuningdek, mazkur holat sababli mintaqada joriy etilgan karantin çoralari va şifoxonalar yopilganidan xabardor.

«Uşbu hududda bölib turgan AQŞ fuqarolari mahalliy soğliqni saqlaş organlarining körsatmalariga amal qilişi, epidemiyadan jabrlangan muassasalarga bormasligi hamda harorat kötarilişi yoki respirator alomatlar paydo bölganda zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilişi lozim», - deyiladi AQŞ elçixonasi bayonotida.

Diplomatik missiya AQŞ Davlat departamentining Rossiyaga safar qilişdan tiyiliş haqidagi amaldagi tavsiyasini eslatdi. Mazkur tavsiya avvalroq, jumladan, noqonuniy hibsga oliniş xavfi hamda xavfsizlikka tahdidlar kuçaygani sababli eʼlon qilingan edi.

Donald Tramp 6-oktabr kuni Vladimir Putin bilan Irkutsk viloyatidagi vaziyatni telefon orqali muhokama qilmoqçi ekanini maʼlum qildi. AQŞ prezidentining sözlariga köra, uşbu muloqot «yaqin orada» bölib ötişi rejalaştirilgan. Hafta boşida Tramp AQŞ Irkutsk viloyatida «yuz berayotgan voqealarni juda diqqat bilan kuzatib borayotgani»ni aytgan edi.

«Biz bu haqda xabar topdik, ular [Rossiya hukumati] buni pnevmoniya deb atamoqda. Ilgari pnevmoniyani davolaş osonroq keçardi, ammo mikrob va bakteriyalar haddan taşqari kuçayib ketdi», - dedi Tramp jurnalistlarning savollariga javob berar ekan. U, şuningdek, AQŞ kasallik tarqalişiga qarşi kuraşişda Rossiyaga zarur yordamni körsatişga tayyorligini taʼkidladi.

Yevropada ham Sibirdagi ölat epidemiyasi ehtimolini diqqat bilan kuzatişmoqda. Yevrokomissiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari vakillari yiğilişda Irkutsk viloyatida öpka ölati tarqalişi ehtimolini muhokama qiliş niyatida. Bryusselda Soğliqni saqlaş xavfsizligi qömitasining yiğilişi belgilangan bölib, uning kun tartibiga Sibirdagi vaziyat töğrisidagi band ham kiritilgan edi.

JSST «qöşimça maʼlumot» kutmoqda

Sibirdagi laboratoriya xodimining ölimi uning vafotiga aynan ölat sabab bölişi mumkin degan xavotirlarni uyğotdi, de, xabar berdi JSST matbuot kotibi Kristian Lindmayer jurnalistlarga.

U «öta xavfli infeksiya»dan köz yumgan ayol xavfli patogenlarni, şu jumladan, ölatni örganuvçi taşkilotda işlaganini alohida taʼkidladi.