Gaitining sobiq prezidenti Rene Preval 75 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda Miami Herald naşri xabar bermoqda. 

Sobiq prezidentning vafotini uning rafiqasi Elizabet Preval tasdiqlagan. Ma'lum qilinişiça, Preval uyida vafot etgan. Uning rafiqasi ayni vaqtda sayohatda. Ayolning aytişiça, u turmuş-örtoği bilan 3 mart kuni ertalab bir neça marta gaplaşgan.

"U a'lo kayfiyatda edi. Mendan qaçon uyga qaytişimni söradi. Men bu yangilikka işona olmayapman", deb aytgan ayol.

Preval Gaiti prezidenti lavozimini 1996-2001 yillarda hamda 2006-2011 yillarda egallagan. 

Ta'kidlanişiça, Preval Gaiti tarixida prezident lavozimida ikkita muddatni töliq ötkazgan hamda "turmaga qamalmagan yoki töntarilmagan, yoxud öldirilmagan" yagona prezident hisoblanadi.