Birlaşgan arab amirliklaridagi aviakompaniyalardan birining (aviakompaniya nomi aniq keltirilmagan) ikki nafar styuardessasiga 6 oydan şartli qamoq jazosi belgilandi. Khaleej Times xabariga köra, ular parvoz vaqtida öz hamkasblaridan birini uxlayotgan çoğida suratga olgani uçun jazolangan.

Sud ayollarni hamkasbning şaxsiy hayotiga daxl qilişda ayblagan va ularning har biriga 1,5 yildan qamoq jazosini hukm qilgan. Ammo Abu Zobidagi apellyatsiya sudi qamoq jazosini şartli qamoq jazosiga almaştirib, muhlatni kamaytirgan.

Ma'lum qilinişiça, Abu Zobidan Janubiy Afrikaga reysni amalga oşirgan samolyot styuardessalari uxlayotgan hamkasbi suratini olib, uni kompaniya rahbariyatiga körsatişgan, şundan söng bu xodim öz vazifasini bajarişda mas'uliyatsizlikka yöl qöygani uçun işdan haydalgandi.