Samolyot bortida styuardessaga şilqimlik qilgan erkak ma’muriy jazoga tortildi.

Kun.uz örgangan sud qarorida keltirilişiça, holat 2024 yilning 31 dekabr kuni Soçi – Toşkent yönalişida uçib kelgan samolyot bortida kuzatilgan. 1985 yilda tuğilgan J.E. uşbu reysda uçib kelayotib, mast holda styuardessaning tanasini uşlab, unga nisbatan şahvoniy şilqimlik qilgan.

J.E. sudda aybiga iqrorlik bildirmagan hamda qölidagi narsasi polga tuşib ketganini, uni olayotganda styuardessaga tegib ketganini bildirgan.

Styuardessa esa J.E. mast holda bir neça marotaba uning yonboşiga qöli bilan teginib, şilqimlik qilganini aytgan.

“Unga bunday harakatlarni töxtatişni sörab tanbeh berdim. Biroq J.E. harakatlarini töxtatmadi, boşqa yölovçilarga xizmat körsatişimga tösqinlik qilib, menga qöpol muomalada bölişda davom etdi. Unga qonuniy çora körişni sörayman”, degan u sudda.

Jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudining 2025 yil 7 yanvardagi qaroriga köra, J.E. MJtKning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Oldinroq Toşkent viloyatida tiş davolatişga kelgan bemor şifokor şilqimligiga uçragani xabar qilingandi.