Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirşner suddan öziga nisbatan pullarni yuviş va korrupsiya ayblovi bilan olib borilayotgan işni töxtatişni söradi. Bu haqda Kirşner söroq vaqtida sudyaga bergan yozma arizasida aytilgan. 

"Menga nisbatan olib borilayotgan sud işini töxtatişingizni sörayman", deb yozilgan arizada.

"Avval köplab marotaba aytganimdek, men sud va media ta'qibi obekti hisoblanaman. Mamlakatimiz tarixida bu kabi ta'qib bölmagan. Mening holatimda esa u farzandlarim Maksimo va Florensiya Kirşnerga ham tatbiq qilinmoqda", deb aytgan sobiq prezident. 

6 mart kuni sud oldida Kirşnerning farzandlari körsatma berişni boşlaşgan. Ular özlarining yozma arizalarida tegovning xolisligini şubha ostiga qöyişgan. Sobiq prezidentning aytişiça, ayblov tomonning fikriça, Kirşner oilasiga tegişli Los Sauces kompaniyasi aralaşgan jinoiy guruh faoliyat yurita boşlaganda u bor-yöği 12 yoşda bölgan. 

Ötgan yil may oyida Argentina prokuraturasi deputat va prezidentlikka sobiq nomzod Margarita Stolbiserning arizasini körib çiqa boşlagan. Arizaga köra, köçmas mulk bilan şuğullanuvçi Los Sauces kompaniyasi Lasaro Bayes va Kristobal Lopes ismli tadbikorlar iştirok etişi mumkin bölgan korruptsion sxemadan olingan pullarni yuvişda qöllangan bölişi mumkin. Kompaniyani Kristina Kirşner va uning sobiq turmuş örtoği Nestor Kirşner boşqarganda tadbirkorlar davlatdan köplab buyurtmalar olişgan. 

Ayni vaqtda sobiq prezidentga nisbatan ikkita iş qözğatilgan. U davlat mablağlarini öğirlaş uçun jinoiy til biriktirişda va Argentina markaziy bankidagi firibgarliklarda ayblanmoqda. U şuningdek noqonuniy davlat orttiriş va korrupsiyada ham ayblanmoqda.