7 mart kuni keçqurun Nyu-York şahridagi Ozodlik haykalini yoritib turgan elektr çiroqlarining aksar qismi öçib qoldi. Tvitter foydalanuvçilari bu hodisaga siyosiy tus berişgan.
«Agar Ozodlik haykalida çiroqni immigratsiya siyosatiga norozilik belgisi sifatida öçirgan bölişsa, bu ajoyib», degan ulardan biri.
Yana ba'zilar buni 8 mart kuni munosabati bilan ötkaziladigan marşning bir qismi deb baholaşgan.
«CNN Ozodlik haykalida çiroq öçirilişi haqida xabar bergandi. #ADayWithoutWomen ança erta boşlandi», deyilgan tvitlardan birida.

Ammo uşbu yodgorlik joylaşgan Milliy xiyobon xizmati bu texnik nosozlik tufayli röy berganini ma'lum qildi.














