Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi hamda post xodimlari va Tovarlarni klassifikatsiyalaş guruhi xodimi tomonidan “Yallama” çegara bojxona post orqali mas’uliyati çeklangan jamiyatining nomiga olib kelingan tovarlar yuklangan Volvo rusumli avtotransport vositasida bojxona körigi ötkazilgan.
Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida körsatilmagan, qiymati 830 mln sömlik 200 120 dona LED çiroqlar va 1 332,5 kg LED çiroqlarning ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.













