Kobul şahridagi harbiy gospitalga kirib olgan bir neça jangari odamlarni öqqa tutgan. Reuters xabariga köra, hujum oqibatida 2 kişi halok bölgan.
Bundan oldinroq Kobuldagi harbiy kasalxona yaqinida portlaş sodir bölgani, xavfsizlik xizmati xodimlari va jangarilar örtasida otişma boşlangani xabar qilingandi.
Harbiy gospital xodimlari agentlikka bergan ma'lumotda aytilişiça, muassasa hududida oq xalat kiygan jangari bemorlardan birini va kasalxona xodimini otib taşlagan. Gospitalning boşqa çekkalarida ham otişma ovozlari yangragan.
Ayni vaqtda şifoxona hududi maxsus kuçlar tomonidan örab olingan. Hozirça bu hujum uçun javobgarlikni heç bir taşkilot öz zimmasiga olgani yöq.












