Bahor keldi, demak – do‘stlar va butun dunyodagi yaqinlarimiz bilan muloqot qilishning yangi davri boshlandi. Biz bilan sizlarni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va rejalashtirish kerak bo‘lgan yangi loyihalar, yangi munosabatlar, yangi qiziqarli sayohatlar kutmoqda. Bir so‘z bilan aytganda – doim aloqada bo‘lish, ko‘rishish va tinglash darkor. Shunday ekan, Pinngle sizga yordamga keladi. Nima uchun aynan u,  deb so‘rashingiz mumkin. Chunki sizga yaxshi tanish bo‘lgan va siz o‘rgangan messenjerlar safida Pinngle bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi, quyida shular haqida so‘z yuritamiz. Shunday qilib, Pinngle barcha abonentlari uchun o‘z sirlarni ochadi!

Ilovani YuKLAB OLISh:

         

1. Xalqaro loyiha hisoblangan Pinngle O‘zbekiston aholisining ona tilida interfeys ochdi va endi u o‘zbekcha so‘zlaydi!

Pinngle ishlab chiqaruvchilari messenjerning O‘zbekiston aholisi uchun maxsus o‘zbekcha versiyasini yaratishdi. Ilovani sozlashda ona tilingizdagi interfeysni tanlang yoki mavjud til versiyasini o‘zgartiring.
 

2. Faqat Pinngle’da – O‘zbekiston aholisi uchun maxsus yaratilgan stikerlar!

Pinngle  «Nakleykalar do‘konida»  O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus rukn ochildi. Unda O‘zbekiston, uning madaniyati va tarixi, an'analari va urf-odatlari, taomlari va turmush tarzini qadrlovchi kishilarga mo‘ljallangan mavzuli stikerlar to‘plamlari namoyish qilingan. Stikerlar kolleksiyasida “O‘zbekfilm”da olingan kinolentalarga alohida mavzu bag‘ishlangan: mazkur seriyadagi har bir stiker – kinodan olingan, allaqachon tanilib ulgurgan kadr va yorqin iboralardan tashkil topgan. Ularni ota-onangiz, buvi va buvalaringizga ko‘rsating va ularning smartfonlariga