Yevropada joriy hafta ham qiziqarli uçraşuvlarga boy böladi. Ayniqsa yevrokubok yöllanmalari uçun kuraş olib borayotgan jamoalarning özaro töqnaşuvi hafta uik-endiga özgaça şukuh bağişlaydi. Şuningdek Angliyada kubokning çorak final uçraşuvlari ham bizga bir qator qiziqarli töqnaşuvlarni taqdim etişi kutilmoqda. Tribuna.Uz bölajak uçraşuvlarning eng sara beştasi bilan taniştirib ötadi.
Yirtqiç «Borussiya» qarşisidagi yarador jangçi
Herta – Borussiya D (11 mart, 19:30)

Yevrokuboklar uçun kuraş olib borayotgan «Herta» yaxşi sport formasiga kirib ulgurgan «Borussiya»ni qabul qiladi. Dortmundliklar yetakçilari (Roys, Gyottse) jarohat olişiga qaramay, ajoyib futbol namoyiş etmoqda. Yevropa çempionlar ligasining 1/8 finalida jamoa işonçli ğalaba evaziga keyingi bosqiçga yöllanma oldi. Per-Emerik Obameyang uçraşuvda het-trik qayd etdi. Gabonlik futbolçi sönggi uç uçraşuvda 7ta gol kiritganiyoq köp narsadan dalolat bermoqda.
Ikki jamoa kişki tanaffusdan söng töqnaş kelişga ulgurişdi. Germaniya Kubogi doirasidagi Dortmundda keçgan uçraşuvda 120 daqiqa davomida ğolib aniqlanmagan, penaltilar seriyasiga köra «Borussiya» keyingi bosqiçga yöl olgandi. Poytaxtliklar bundesliga doirasidagi sönggi 8 uçraşuvning faqat ikkitasida ğalaba qozona olişgan xolos. Endilikda jamoaning YeÇL yöllanmasi uçun kuraşişi ança qiyin keçişi kutilmoqda.
Ikki jamoa örtasidagi Berlinda keçgan sönggi yetti uçraşuvda «Herta» faqat bir marotaba ğalaba qozongan. Sönggi marta «Herta» uç yil muqaddam 2014 yilda öz uyida «Borussiya» ustidan ğalaba qozongan.
Milandagi yevrokuboklar uçun jang
Inter – Atalanta (12 mart, 19:00, Sport, Matç! Futbol 2)

Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan ikki jamoa örtasidagi töqnaşuv keskin kuraşlarga boy bölişi kutilmoqda. Yevropa çempionlar ligasi yöllanmasi uçun kuraş olib borayotgan jamoalar bu umidni saqlab qolişi uçun ham uçraşuvni öz foydasiga hal qilişlari talab etiladi. «Atalanta» joriy mavsumni öta muvaffaqiyatli ötkazmoqda. Jamoa yaqindagina «Napoli» uyidan ğalaba bilan qaytdi. Grandlarga qarşi mehmonda qanday öynaşni biladigan jamoa Pioli şogirdlariga ham yetarliça qarşilik körsata olişini kutişimiz tabiiy.










