Belgiyadagi xususiy hayvonot boğida karkidonlarni brakonerlardan himoya qiliş maqsadida ularning şoxi kesib taşlandi. Bu haqda "Bi-bi-si" telekanali xabar bermoqda.  

9 mart kuni brakonerlar Fransiyadagi hayvonot boğiga kirib karkidonni öldirişgandan keyin, Belgiyada bunday keskin çoraga borişga qaror qilindi. Fransiyadagi voqeada jinoyatçilar hayvonot boğining orqa eşigi panjarasini buzib, uçta oq karqidon saqlangan bino içiga kirib, u yerdagi bitta karkidonni öldirişgan. Politsiyada aytilişiça, jinoyatçilarga barça karkidonlarni öldiriş uçun vaqt yetmagan yoki ularni kimdir çöçitib yuborgan. Ta'kidlanişiça, bunday hodisa Yevropada birinçi marta yuz bergan. 

Karkidon şoxidan olinadigan kukun ba'zi davlatlarda ajoyib ta'sirga ega şifobaxş vosita hisoblanadi. Bunday kukunning bir kilogrammi 75 ming dollargaça turişi mumkin.  

Afrikada karkidonlarni brakonerlar hujumidan himoya qiliş uçun köpinça şoxlari kesib taşlanadi. Zoologlarning aytişiça, jonzot uçun bu jarayon oğriqsiz hisoblanadi va ma'lum vaqtdan keyin şox yana ösib çiqadi.

Bir qator davlatlarda brakonerlarga qarşi keskin çoralar körilmoqda. Misol uçun, Hindistonda brakonerlarning özi öqqa tutiladi.

Brakonerlarning bunday qabihona faoliyatlari sababli karkidonlarning ba'zi turlari yöq bölib ketiş yoqasiga kelib qolgan. 2017 yil 6 mart kunidagi ma'lumotlarga köra, dunyoda şimoliy oq karkidonlarning bor-yöği uç vakili – ikki urğoçisi va bir keksa erkagi qolgan. Ularning atrofida kun böyi qurollangan maxsus kuçlar qorovullik qiladi.