Qozoğistonning Oqtöbe şahridagi mahalliy stomatologiyada ötkazilgan maxsus tadbir davomida tiş şifokorini garovga olgan erkak yöq qilindi. U sobiq xotinini olib kelişlarini, aks holda esa asir olgan ayolini öldiriş bilan tahdid qilgan, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Ma'lumotlarga köra, bu stomatologiyada uning sobiq rafiqasi işlagan. Hodisa keçki payt yuz bergani sababli, u yerda mijozlar bölmagan hamda juda kam sonli xodimlar qolgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining ta'kidlaşiça, maxsus tadbir ötkazilgan tuman örab olingan va hattoki bu yerga vertolyot ham qöngan.
Oqtöbe viloyati içki işlar departamentining xabar berişiça, jinoyatçi 1993 yilda tuğilgan bölib, heç qayerda işlamagan hamda 2016 yilda öğirlik uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Şuningdek qayd etilişiça, hodisadan 3 soat avval u sobiq xotinining ota-onasi uyiga kelgan hamda sobiq qaynonasiga piçoq bilan jarohat yetkazgan.
"Oqtöbe viloyati IID, Oqtöbe IIB va prokurori jinoyatçi bilan garovga olingan ayolni ozod etiş böyiça 5 soat muzokaralar olib bordi. Biroq u talablarni bajarişdan boş tortdi. Şuni ta'kidlab ötiş joizki, voqea joyiga uning qarindoşlari ham kelişdi va qizni qöyib yuborişini söraşdi. Jinoyatçi bunga javoban uni öldiriş bilan tahdid qildi hamda sobiq xotinini olib kelişlarini talab qildi. 5 soatlik muzokaralar heç qanday natijani bermaganini hisobga olib politsiya xodimlari garovdagi ayolni ozod etiş böyiça kuç amaliyotini ötkazişga qaror qilişdi. Erkak öldirildi, asirlikda uşlangan ayol ozod etildi", - deya aniqlik kiritişdi huquq-tartibot idorasida.
Uşbu holat böyiça ikki modda böyiça sudga qadar suriştiruv işlari boşlandi.










