Milliy xavfsizlik qömitasi matbuot xizmati bu haqda 2-noyabr kuni xabar berdi. Uşlaş tadbirlari 30-oktabrda prokuratura organlari muvofiqlaştiruvida, sudgaça bölgan tergov doirasida ötkazilgan.

Tergov versiyasiga köra, gumonlanuvçilar hududda konstitutsiyaviy tuzum asoslarini zöravonlik yöli bilan özgartirişni rejalaştirgan.

Ular ekstremistik guruh tuziş, unga rahbarlik qiliş va faoliyatida iştirok etiş, şuningdek, terrorizmni tarğib qiliş hamda diniy adovat qözğatişda gumon qilinmoqda.

Qömita maʼlumotlariga köra, gumonlanuvçilarning yaşaş joylarida ötkazilgan tintuvlarda öqotar qurol, giyohvand moddalar, diniy buyumlar va adabiyotlar, şuningdek, boşqa aşyoviy dalillar olib qöyilgan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar bolalar va ösmirlar uçun möljallangan uçta yaşirin öquv markazi faoliyatiga ham çek qöygan. MXQ bu markazlar tergov qilinayotgan guruh iştirokçilari tomonidan taşkil etilganini bildirgan. Ularda nimalar öqitilgani haqida xabarda maʼlumot berilmagan.

Idoraning qayd etişiça, uşlanganlarning ayrimlari avval terrorçilik va boşqa jinoyatlar uçun sudlangan. Tergov manfaatlari sababli işning boşqa tafsilotlari oşkor qilinmagan.