Yaponiyada keksa odamlarga haydovçilik guvohnomasidan voz keçiş örniga dafn xizmatlariga çegirma oliş taklif qilinmoqda. Bu haqda "Bi-bi-si" telekompaniyasi xabar bermoqda. 

Yaponiya hukumati şu tariqa pensiya yoşidagilarni avtomobillar haydaşdan qaytarişga harakat qilmoqda.

Ayçi şahridagi dafn bilan şuğullanuvçi kompaniyalardan biri haydovçilik guvohnomalaridan voz keçiş örniga öz xizmatlari uçun 15 foizlik çegirma taklif qilmoqda. Uşbu taklifdan foydalanmoqçi bölganlar haydovçilik guvohnomalarini politsiya bölimiga topşirganlarini tasdiqlaşlari kerak böladi. Uşbu çegirma pensionerning oila a'zolariga ham tatbiq qilinişi mumkin.

Bu çora Yaponiyada keksa yoşdagi haydovçilar iştirokida avtofalokatlar köpayib ketgani bilan şartlangan. Yaponiyada oxirgi ön yil içida 75 yoşdan katta haydovçilar soni 2 marotaba köpaygan, 2015 yilda esa ular soni 4,8 mln kişini taşkil qilgan. Joriy yilda ular iştirokida ölim bilan yakunlangan avariyalar miqdori oşgani qayd qilingan.

Yaponiyaning köplab viloyatlarida pensionerlarning maşina haydaşdan voz keçişlari taksiga çegirmalar yoki umumiy hammomlarga borişga imtiyozlar beriş yordamida rağbatlantiriladi.  

Britaniyalik olimlar ötkazgan taqiqotlarga  köra, keksa yoşdagi haydovçilar yoşlardan köra 3-4 marta kamroq avariyaga uçraydilar.