Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda boshqa viloyatlarda qidiruvda bo‘lgan 6 nafar shaxs ushlandi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan barcha tuman-shahar Ichki ishlar bo‘limlari va Yo‘l patrul xizmati maskanlariga “Axborot integrallashgan bazasi” o‘rnatildi. Ushbu bazani o‘rnatilishi xodimlarga bir qator yengilliklar olib kelmoqda, deb xabar berdi Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi vakillari.
Baza jinoyat sodir etganligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIB va boshqa viloyatlar IIBlari tomonidan qidiruvga e'lon qilinib, Sirdaryo viloyati hududida yashirinib yurgan shaxslarni aniqlashda yordam bermoqda.
Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan ushbu zamonaviy texnologiyadan foydalanib olib borilgan tadbirlar natijasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 2 nafar, Samarqand viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, Toshkent viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, Jizzax viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar shaxs Sirdaryo viloyati hududida ushlandi.
Mavzuga oid
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026