Pinngle hammani bahor ayyomi bilan muborakbod etadi hamda yorqin va yaxshi voqealarga boy hayotni tilab qoladi. Bahor har bir kishiga yangilanish umidini  beradi: biz orzu qilamiz, rejalar tuzamiz, sayohatlarga chiqamiz, yangi ish topamiz yoki o‘z ishimizni yo‘lga qo‘yamiz. Biz bir joyda o‘tirmaymiz, qadrdon uyimizni tark etamiz, ammo  bu yerda bizni yaqinlarimiz va qadrdon kishilarimiz har doim kutadi. Shu bois biz ham ularning zerikib qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz!

Endi uydan minglab kilometr uzoqda turib o‘zingiz haqida xabar berishingiz mumkin. Hatto uyingiz mamlakatimizning eng chekka hududida, tezkor internet yetib bormagan joyda bo‘lganida ham.

Agar sizning, qarindoshlaringizning va do‘stlaringizning smartfonida Pinngle bo‘lsa, hatto eng noqulay sharoitlarda ham, internet signali kuchsiz bo‘lgan joylarda va batareyangizning quvvati kam qolganida ham, internet-trafigingizni tejagan holda doim aloqada bo‘lasiz.

Pinngle O‘zbekiston va dunyoning istalgan burchagida, hatto past tezlikdagi internetda ham juda yaxshi ishlaydi

Pinngle butun dunyo  bo‘ylab, internet yaxshi ishlamaydigan hududlarda, hatto internet-trafik almashinuvi cheklangan va boshqa messenjerlar o‘chirilgan mamlakatlarda ham tarmoqqa  chiqish imkonini beradigan algoritmni ishlab chiqdi. Siz sayyoramizning istalgan nuqtasida faol ishlashingiz, o‘qishingiz, hordiq chiqarishingiz mumkin. Pinngle O‘zbekistonning eng chekka hududlarida internet tezligi past bo‘lgan sharoitlarda ham barqaror ishlaydi va yuqori yechimdagi HD formatida audio- va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi. Pinngle o‘tkazish qobiliyati past bo‘lgan GPRS/EDGE/2G uyali aloqa tarmoqlarida ovoz va surat pikselizatsiyasining sifatini yo‘qotmagan holda ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, internet tezligi qanchalik past bo‘lmasin, aloqa sifati doim yuqori darajada bo‘ladi!

Chunki Pinngle boshqalar uddalay olmaydigan joyda ham ishlaydi!