Toşkent metropolitenining Novza metro bekati çorrahasida barpo etilgan yangi avtomobil köprigi va uning ostidan ötuvçi Muqimiy köçalari böylab avtomobil harakatlanişiga ruxsat berildi. Bugun 25 mart soat 12:00dagi holatga köra, avtomobillar harakatlanmoqda. Hozirça, Bunyodkor şoh köçasining Çilonzor tomondan keluvçi yönalişida harakat tiklanmagan. 

Yangi olti qatorlik yöl ötkazgiç uzunligi 900 metrni, eni 24 metrni taşkil etadi. Unga parallel ravişda ikkita, har biri 131,6 metrlik piyodalar uçun möljallangan tomi yopiq yer usti köprigi ham barpo etildi. Piyodalarga qulaylik sifatida ularga eskalator va lift ham örnatilgan.  

Avvalroq, Prezident Şavkat Mirziyoyev 25 mart kuni tuşdan söng uşbu hududda bajarilgan işlar bilan tanişiş maqsadida taşrif buyurişi borasida ma'lumotlar borligi haqida xabar qilingan edi. 

Eslatib ötamiz, Toşkent şahri va mehmonlari, şuningdek, köprik tevarak atrofida istiqomat qiluvçi aholiga xizmat qiluvçi köprikni foydalanişga topşiriş muddati 21 mart – Navröz kuniga belgilangan edi. Biroq, bayramdan bir neça kun avval köprik bayramda oçilmasligi aniq bölib ulgurdi.