Rossiyaning MTS telekommunikatsiya kompaniyasi «qator sabablar»ga köra, Özbekiston davlat radioaloqa, radioeşittirişlar va televideniye markaziga respublikadagi şö'ba korxonasining öziga tegişli 50,01 foizlik uluşini 1 dollar evaziga sotdi. Şu bilan operator 2016 yil avgust oyida e'lon qilinganidek, Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi tarkibidan töliq çiqdi. UMS kompaniyasining 49,99 foiz aksiyasi RRTMga tegişli edi.
UMS 2014 yil 1 dekabridan faoliyatini boşlagan edi. Operatorning 2015 yildagi mijozlari soni 1,29 mln kişiga yetgan. Bu bozordagi uçinçi körsatkiçdir. 2016 yilda kompaniya zarar kördi.







