2 dekabr kuni Toşkentda Mobiuz brendining taqdimoti bölib ötdi. UMS mobil operatori endi aynan şu nom ostida faoliyat yuritadi.
Rasmiy marosimda sözga çiqqan kompaniya Boş direktori Sobir Aripov 2018 yil yakunida davlat rahbariyati tomonidan kompaniyaga bir qator muhim vazifalar yuklatilganini ta'kidlab ötdi. Uşbu vazifalar mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş jarayonlari bilan boğliq. Natijada mobil operator nafaqat aloqa xizmatlarini körsatiş faoliyati bilan, balki yangi faoliyat turlari bilan ham şuğullanmoqda. UMS brendini har tomonlama tahlili şuni körsatdiki, kompaniya özining uzoq muddatli strategiyasini röyobga çiqariş uçun transformatsiya qilinişi, har tomonlama özgartirilişi zarur.

«Mutlaqo yangi Mobiuz brendi asosida mehr körsatiş yotadi. Faolitimizda maqsadli auditoriyaning iloji boriça köproq ehtiyojlarini qondirişga e'tibor qaratamiz. Natijada abonentlar va mijozlar nafaqat kutilgan mobil aloqa va internet xizmatlaridan foydalanişlari mumkin böladi, balki özaro boğliq innovatsion mahsulotlardan ham bahra olişadi», - deya ta'kidladi operatorning tijorat direktori Lola Filatova.

Mobiuz’ning asosiy ranglari – oq va qizil uyğunligi. Logotip ikkita qismdan iborat – birinçisi bevosita Mobiuz yozuvi, ikkinçisi esa «i» harfidan taralayotgan va tobora kengayib borayotgan nur. Uning çegarasi yöq, ya'ni bu bilan kompaniya istiqbol, yaratuvçanlik hamda çeksiz imkoniyatlarga urğu bermoqçi.
Taqdimotda ta'kidlab ötilganidek, yangi savdo belgisiga ötiş e'lon qilinişidan oldin respublika böyiça maxsus taşqi reklama materiallari joylaştirilgan. «Yonib yaşang!» nomini olgan uşbu reklama kampaniyasida qiyofasiga nur taralib turgan turli yoşdagi har xil kasb egalari namoyon bölgan. Ular öz kasbi, işi, faoliyati, yaqinlariga ğamxörligi bilan ilhomlanib, yonib yaşaşadi. Bunday nur har birimizda bor – Mobiuz öz brendi orqali barçaga şuni namoyon qiladi hamda kompaniya qadriyatlariga urğu beradi. Reklamaning ikkinçi bosqiçida buni yaqqol köriş mumkin böladi.
Rebrending – bu nafaqat taşqi qiyofa va özini namoyon qilişni özgartiriş, balki abonentlarning ehtiyojlarini qondira oladigan rivojlanişni ham nazarda tutadi. Şunday ekan, tadbirda kompaniyaning hozirgi yutuqlari va rivojlaniş rejalari haqida ham söz bordi.
Xususan, şu kunlarda operator noyob «AvtoMOBI» aksiyasini e'lon qiladi – kompaniya abonentlari 14ta Nexia-3 hamda super yutuq – Malibu avtomobillarini yutib olişlari mumkin böladi. Kompaniya mutaxassislari Mobiuz mobil ilovasi ustida iş olib borişmoqda – u ham tez orada taqdim etiladi. «Mobil hamyon» servisi hamda video va musiqani içiga olgan platformani işga tuşiriş ham kompaniyaning istiqbolli rejalarida bor.











