1 aprelda rus şoiri Yevgeniy Yevtuşenko AQŞda 85 yoşida vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi Mariya Novikova ma'lum qilgan. 

"U bir neça daqiqa avval yaqinlari qurşovida vafot etdi. Tinç, uyquda, yuragi töxtaşdan", deb aytgan şoir bevasi.

Novikova şoirning dafn etilişi sanasi haqidagi savolga javob bermagan. "Keçirasiz, heç kimga heç qanday izoh bera olmayman", deb aytgan ayol.

Şoir bir kun avval oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgandi.

Yevtuşenko 1932 yilda Rossiyaning Irkutsk viloyatida dunyoga kelgan. U 19 ta, jumladan "Babiy Yar", "Korrida", "Pod kojyey statui Svobody" kabi poemalar muallifi. U rejissyor, ssenariynavis, publitsist va aktyor kabi ham tanilgan. Şoir 1991 yilda Oklaxoma ştati universiteti bilan muallimlik qiliş böyiça şartnoma tuzgandan keyin AQŞda oilasi bilan yaşab kelgan.