Afğoniston armiyasining operatsiyasi davomida kamida 9 fuqaro, jumladan ikki bola halok böldi. Operatsiya davomida harbiylar tomondan qurol-aslaha va portlovçi moddalar ombori yöq qilinişi vaqtida köngilsiz voqea yuz bergan, deb xabar bermoqda "Assoşieyted Press" axborot agentligi.
Voqea Gilmend viloyatida yuz bergan. Viloyat gubernatorining vakili Umar Zvakning aytişiça, harbiylar qurol-aslaha omborini aniqlab, söngra uni portlatib yuborişgan.
Ma'lum qilinişiça, portlaş oqibatida yaqin atrofdagi uylardan birining tomi qulab tuşgan. Buning oqibatida bir oilaning 9 a'zosi, jumladan 2 bola va 3 ayol halok bölgan. Afğoniston hukumati hozirça bu voqeani rasman tasdiqlamagan.









