Ötgan hafta Uelsdagi Guinet grafligi sohillariga tölqin bilan katta miqdorda ulkan meduzalar çiqarib taşlandi. Bu hodisa nafaqat mahalliy aholi, balki OAV va olimlar e'tiborini jalb etdi.

Xelen Devis Portmadog şahri sohillari böylab özining 6 yoşli qizi bilan sayr qilib yurganda sohil ulkan meduzalar bilan qoplanganiga közi tuşgan. U qumli plyajdagi kiçik maydonda 62 ta şunday meduza borligini hisoblab çiqqan. 

"Bu juda açinarli manzara edi. Menda meduzalarni suvga qaytariş va ularni ölimdan qutqarib qoliş uçun heç qanday vosita yöq edi", deb kuyinib gapirmoqda Xelen.

Olimlarning aytişiça, suv harorati oşganda meduzalar köpinça sohilga taşlanadilar. Dengiz jonzotlarining bunday qilişining yana bir taxminiga köra, ular köpçilik bölib sohil yaqiniga isingani kelganda, tölqin ularni quruqlikka olib çiqib taşlaydi.