Özbekistonda namunali uy-joylar qurilişi jadal sur'atlar bilan olib borilayotgani heç kimga sir emas. Toşkent şahrida ham katta loyihalar amalga oşirilmoqda. Jumladan, ulardan biri – 2015 yilda şaharning Eski şahar hududida Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimov ğoyasi asosida Nurafşon köçasi böylab yangi turar joylarning barpo etilişi.

Albatta, bu uylar bugun butun şahar qiyofasiga körk bağişlab turgani tayin. Biroq bu işlarni közböyamaçilik uçun qiladiganlar ham bor ekan. Natijada yana oddiy xalq jabr körmoqda.
Xususan, uşbu köçadagi 23- va 24-uylar bugun juda abgor holatda. "AnvarQur" quriliş firmasi tomonidan qurilgan uylar oçiqçasiga firibgarlikdan boşqa narsa emas.
Biz bilan suhbatlaşgan yurtdoşlarimizning sözlariga köra, uyda suv umuman yöq, nasos ulanmagan degan turli bahonalar qilib kelinmoqda. Ba'zi bir xonadonlarda esa isitiş tizimining özi yöq. Derazatokça, romlar esa qinğir-qiyşiq holatda. Bundan taşqari, yomğir yoğsa tomdan çakki ham ötişi aniqlandi. Uyni isitadigan qurilma yoqilsa esa uning barça yeridan suv oqadi. Xullas, yangi xonadonlar hali egasiga topşirilmasdan juda yomon ahvolda.

Fuqarolar masalaga oydinlik kiritiş maqsadida uy egasiga qönğiroq qilsalar, u uyali telefon apparatini öçirib qöyar ekan. Biz ham suhbat davomida uy egalari bilan boğlanişga harakat qilib kördik. Biroq qönğiroqlar befoyda bölib çiqdi.
Yaxşiyamki, fuqarolar uyni qabul qilib oliş xaqidagi hujjatga imzo çekmagan. Kezi kelganda yana bir gap. 2015 yil 15 avgust kuni Özbekiston Respublikasining birinçi prezidenti Islom Karimov Nurafşon köçasidagi uşbu yangi turar joylarni körgani kelganda ayrim "aqlli" mutasaddilar barça çiqindilarni 24 uyning yertölasiga yaşirgan ekan. Şu-şu öşa kundan yodgorlik sifatida bu çiqindilar 2 yildan beri yertölada. Uyning ahvolini esa tasavvur qilavering.


Yakunda esa qator savollar javobsiz qolmoqda. Bunday holatga kim javobgar? "Anvarqur"MÇJmi, tuman hokimligimi yoki bank muassasasi? Bir söz bilan aytganda, muammolar qaçon hal etiladi?








