Janubiy Koreyaning Hyundai Motor va Kia Motors avtomobilsozlik kompaniyalari respublikada 170 mingdan ortiq maşinlarini qaytarib olişi haqida e'lon qildi. Bu transport vositalari dvigatellaridagi ehtimoliy nosozliklarga barham beriş maqsadida amalga oşirilmoqda. Ikki kompaniya va davlat hududlari, infratuzilmalari va transport vazirligining qöşma bayonotida şu haqda söz boradi.
Muammolar Theta 2 turbo va benzinli 2.4 GDI dvigatellariga tegişli, ular 2013 yil avgustiga qadar Hyundai Grandeur, Sonata, Kia K7 va K5 modellari hamda Sportage yöltanlamasiga örnatilgan. Mazkur modellarning kuç agregatlari tirsakli val va podşipniklardagi nuqson sabab harakatlaniş vaqtida işdan çiqişi mumkin. Şu bilan haydovçi v yölovçilar hayoti xavf ostida qoladi.
Çaqirib olinayotgan maşinalar dvigatellarida nuqson aniqlansa, ularning motorlari bepul almaştirib beriladi. Xabar qilinişiça, kompaniyalar ayni vaqtda AQŞ hukumati bilan ham avvalroq uşbu mamlakatda yetkazib berilgan 1,3 mln dona avtomobillarni qaytarib oliş borasida muzokaralar ötkazmoqda.












