Amerikalik harbiy xizmatçi Afğonistonda IŞIDga qarşi operatsiyada iştirok etiş çoğida halok böldi. Bu haqda AQŞ armiyasi harbiy vakili kapitan Bill Salvinga asoslangan holda Associated Press agentligi ma'lum qildi.
Uning ma'lumotlariga köra, AQŞ armiyasining maxsus topşiriqli kuçlari tarkibida bölgan harbiy 8 aprel kuni keçqurun Afğoniston şarqidagi Nangarhar viloyatida ötkazilgan operatsiya çoğida olgan jarohatlari tufayli halok bölgan.
Ma'lumot uçun, Afğonistonning Pokiston bilan çegaradoş hududida IŞID ta'siridagi kuçlar joylaşib olgan. Amerikaliklar aviatsiyasi bir neça marta radikal kuçlarning pozitsiyalari böylab zarbalar bergan.
IŞID Xuroson hududida (Afğonistonning aksar hududlari) öz filialini taşkil qilgani haqida 2015 yilning yanvarida e'lon qilgandi. Bu hududdagi jangarilar bir vaqtning özida Afğoniston hukumatiga hamda hukumatning duşmani bölmiş tolibonlarga qarşi kuraş olib boradi.
IŞID jangarilari bir neça hafta içida mamlakat şimolidagi Hilmand, Faroh, Zobul, Logal hamda Nangarhar viloyatlarida öz ta'sirlarini yoyişdi. Uşbu jangarilar safida örta osiyoliklar, kavkazliklar va uyğurlar jang qilişadi.
Afğonistondagi IŞID jangarilari soni rasman aniq emas, ba'zi manbalarga köra ularning soni 5 ming nafarga yaqin.








