Rossiyalik muxolif siyosatçi Aleksey Navalnyy yangi norozilik aksiyalari ötkazilişini ma'lum qildi. U bu haqda şaxsiy blogida yozdi. 

Navalnyy aksiyani 12 iyunda, Rossiya kuni davlat bayrami ötkaziladigan sanada ötkazişni taklif qildi.  

"Keling, 12 iyunda avvalgi şiorlarimiz va davlat bayroqlari ostida köçalarga çiqamiz. Bizda tayyorgarlik uçun 2 oy bor. Yanada köproq şaharlar jalb qilamiz, yanada köproq xalqni töplaymiz", deb yozgan muxolifatçi. 

Moskva meriyasida Navalnyy jamoasidan 12 iyunda aksiya ötkaziş haqida ariza kelib tuşganini biliş maqsadida berilgan savolga tasdiq javobi berilmadi. 

Navalnyy matbuot kotibi Kira Yarmyş aksiyani ötkaziş uçun ruxsat olişga ariza berişga hali ertaligini aytgan.

Rossiya qonunlariga köra, aksiya ötkaziş haqidagi arizani u ötkazilişidan 15 kundan avvalroq va 10 kundan keyin topşiriş kerakmas.

26 mart kuni Rossiyaning önlab şaharlarida Korrupsiyaga qarşi jamğarmaning Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning maxfiy mulki böyiça tergovidan keyin aksilkorruptsion norozilik aksiyalari bölib ötdi. Jamğarmaning "U sizga Dimon emas" deb nomlangan filmida Medvedev eng nufuzli tumanlarda katta yer maydonlari, yaxtalar, kvartiralar, Rossiya va xorijda agroxöjaliklar va vino işlab çiqaruvçi korxonalarga egaligi aytilgan. Eng ommaviy aksiyalar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Çelyabinsk va Vladivostokda bölib ötgandi.