Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yaqin kelajakda mamlakatdagi eng yirik zargarlik buyumlari zavodi quriladi. 

"1-Zargarlik korxonasi" nomli loyiha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev e'tiboriga taqdim etildi.

Qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan ushbu korxonada yiliga 13 milliard so‘mlik zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi, 100 ish o‘rni yaratiladi.