Davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinçi marta tayinlangan şaxslarning adliya organlarida stajirovkadan ötişi tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Endilikda esa yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinçi marta tayinlangan şaxslar öz kasbiy bilimlari, öquv va amaliy könikmalarini mustahkamlaş va şakllantiriş, şuningdek, işning öziga xosligi, tayinlanayotgan lavozimi böyiça funksional vazifalarini sifatli bajarişi uçun ilğor tajribani egallab olişini ta'minlaş maqsadida belgilangan tartibda adliya organlarida ikki haftalik muddatda stajirovkadan ötadi.
Bunda, albatta, stajirovka Respublika darajasidagi davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari uçun — Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, hududiy davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek, tumanlar va şaharlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari uçun — tegişliça Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar adliya boşqarmalarida ötaladi.










