Adliya vazirligi tomonidan davlat oliy ta’lim muassasalarida «Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida»gi qonun talablariga rioya etilişi yuzasidan ötkazilgan tekşiruvda qonunbuzarliklar aniqlandi.
Jumladan, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti, Özbekiston Milliy universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti, Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Özbekiston milliy pedagogika universitetida mingdan ortiq adabiy asarlar muallif yoki boşqa huquq egalaridan ruxsat olinmasdan, heç qanday şartnomasiz töliq holda elektron şaklga ötkazilgan va internetga joylangani aniqlangan.
Ta’kidlanişiça, oliy ta’lim muassasalari mas’ullariga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177¹-moddasi (Mualliflik huquqini va turdoş huquqlarni buziş) bilan bayonnoma rasmiylaştirilib, tegişli tartibda sudlarga yuborilgan.
Adliya vazirligining eslatişiça, muallif yoki boşqa huquq egasi zararni qoplaş uçun huquqbuzardan BHM 20 baravaridan 1000 baravarigaça (8,2 mln – 412 mln söm) miqdorda tovon talab qiliş huquqiga ega.












