Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 apreldagi 199-sonli qaroriga muvofiq, 2017 — 2020 yillar davrida respublika hududlarida işsiz fuqarolarni kasb-hunarga öqitiş markazlarini bosqiçma-bosqiç taşkil etiş böyiça Çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Taşkil etilayotgan markazlar davlat ta'lim muassasalari hisoblanadi va bevosita Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga böysunadi, ularning faoliyatiga umumiy öquv-metodik rahbarlik qiliş esa — Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markaziga yuklanadi.

Markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • örta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega bölgan işsiz va vaqtinça band bölmagan, şu jumladan doimiy işga ega bölmagan şaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassislik va kasblar böyiça — 1 yilgaça bölgan muddatda kasb-hunarga bepul qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş;
  • mehnat organlarida işsiz sifatida röyxatdan ötmagan, iş izlayotgan şaxslarni, şuningdek iş beruvçilarning buyurtmanomalari böyiça — xodimlarni, har yili öqişga olinadiganlar sonining 15 foizidan ortiq bölmagan hajmda, mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassisliklar va kasb-hunarlar böyiça — tölov asosida qisqa muddatli öqitişni taşkil etiş.

Markazlarning rahbarlari, öqituvçilari, ustalari va boşqa xodimlari mehnatiga kasb-hunar kollejlarining tegişli lavozimlari uçun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi.

Uşbu markazlarning öqituvçi va öquv-yordamçi xodimlarining lavozim maoşlariga Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi mablağlaridan tölanadigan 40 foizgaça miqdorda doimiy ustama belgilanadi. 

Belgilangan tartibda işsiz deb e'tirof etilgan şaxslar jumlasidan bölgan öquvçilarga markazlarda bevosita bepul öqiş davrida Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasida uşbu maqsadlar uçun nazarda tutilgan mablağlar hisobidan, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik iş haqining bir baravari miqdorida, 6 oydan köp bölmagan muddat mobaynida stipendiya tölanadi.

Taşkilotlar öquvçilarning işlab çiqariş amaliyotini ötaş davrida ularga işlab çiqariş amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning işlab çiqariş faoliyatini ta'minlaydigan haq tölanadigan iş joylari beriş huquqiga ega.

Mazkur hujjatning töliq matni bilan "Özbekiston Respublikasi Qonunçiligi" axborot-qidiruv tizimida tanişişingiz mumkin.