Xitoy hukumati tomonidan eng qidiriluvçi 100 poraxördan biri, köp yillardan beri Kanadada yaşirinib yurgan Li Şitsyao vataniga qaytdi va hukumatga taslim böldi. Bu haqda Xitoy Kompartiyasining intizomni tekşiriş böyiça markaziy komissiyasi xabarida ma'lum qilindi.
2015 yil aprelda Xitoyda Kompartiyaning xorijda qoçoqlikda yurgan poraxör amaldorlari va a'zolarini uşlaş böyiça "Osmon töri" deb nomlangan kampaniya boşlangan. Xitoy hukumati Interpolga korrupsiyada gumon qilinuvçi 100 nafar eng qidiriluvçi qoçoqdan iborat röyxatni topşirgan. Interpol bu qoçoqlarni qidiruvga bergan.
Ma'lum qilinişiça, 1942 yilda tuğilgan Li Şitsyao bu röyxatda 75-örinni egallagan.
Li Şitsyao Ninbo şahrida köçmas mulk kompaniyasida boşqaruvçi bölib işlagan va Kanadaga 2009 yilda qoçib ketgan.
Ma'lum qilinişiça, Li Şitsyao 100 nafar qoçoqdan Xitoyga qaytarilgan qirqinçisi böldi.
Ayni vaqtda Pekin qoçoq amaldorlarni ortga qaytariş böyiça xorijiy davlatlar bilan faol muzokaralar olib bormoqda.








