Clr Cff brendi asosçilari Adam va Devid Nad qanday qilib qahvani butunlay rangsizlantirişga muvaffaq bölişgani sirini oşkor qilişmayapti. Mashable naşri uşbu qiziq loyiha haqidagi ma'lumot bilan bölişdi.
Asosçilarning sözlariga köra, ular rangsiz qahvani işlab çiqiş uçun 3 oydan köproq vaqt sarflaşgan. Yangi mahsulot tarkibi suv va qahvadan iborat bölib, unda heç qanday konservantlar, aromatizatorlar va stabilizatorlar yöq.
Mazkur loyihaning qanday qabul qilinişini oldindan aytiş qiyin, lekin qanday bölmasin, u odamlarning e'tiborini jalb qilib kelmoqda.

Bugungi kunda Clr Cff faqat Buyuk Britaniya va Slovakiyada sotilmoqda. 200 ml'li qahvaning 5 tasi - taxminan 15 funt. Britaniyada oddiy qahvaning bir porsiyasi örtaça 2 funtga baholanişini inobatga olsak, yangi qahva narxi u qadar qimmat hisoblanmaydi.









