London metallar birjasi (LME) tomonidan kuzatib boriluvçi alyuminiyning omborlardagi zaxiralari bir kun içida 1,9 foizga, ya'ni 1,71 mln tonnagaça kamayib ketdi. Bundan birjaning 19 aprelda çop etgan ma'lumotlari darak bermoqda. Uşbu kamayiş sur'atlari 1995 yildan beri, ya'ni 22 yil içida eng maksimal körinişda böldi.

Alyuminiy zaxiralari ketma-ket 35-kun qisqarmoqda va 2008 yildan beri minimum qiymatga yetgan. Uşbu metall zaxiralari Osiyo davlatlarida jadal kamaymoqda. 

Işlab çiqaruvçilar alyuminiy yetkazib berişni kamaytirayotgan bir paytda unga talab oşmoqda. 

18 aprelda Xitoy işlab çiqariş quvvatlari va elektr energiya iste'molini çeklaşga hamda ekologik holatning yaxşilanişiga qaratilgan 2015 yilda qabul qilingan qoidalar buzilişi sababli ba'zi alyuminiy loyihalarini töxtatişga qaror qilgan. 

19 aprelda alyuminiy narxi 0,8 foizga oşgan va 1 tonnasi uçun 1907 dollarni taşkil qilmoqda. Yil boşidan bu metall 13 foizga qimmatlaşgan hamda rangli metallar örtasida bu borada yetakçi böldi.