Uşbu infografikada mamlakatlar tabiiy gazning isbotlangan zaxiralari hajmi böyiça saralangan; körsatkiç trillion kub futda ölçanadi. Ma’lumotlar manbai — Energetika instituti tayyorlagan Statistical Review of World Energy 2025 hisobotidir.

Atigi uçta davlat — Rossiya, Eron va Qatar dunyodagi isbotlangan tabiiy gaz zaxiralarining yarmidan ortiq qismini öz qa’rida jamlagan.

Yetakçi uçlikdan taşqari, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari va Iroq kabi mamlakatlar Yaqin Şarq va Markaziy Osiyoning global “gaz xaritasi”dagi örnini yanada mustahkamlamoqda. Bu hududlar katta hajmdagi va nisbatan arzon özlaştiriladigan zaxiralarga ega bölib, bu ularga uzoq muddatli qazib çiqarişni qöllab-quvvatlaş va suyultirilgan tabiiy gaz (STG) bozorida hal qiluvçi öyinçi bölib qoliş imkonini beradi.

AQŞ dunyoda beşinçi örinni egallaydi — bu oxirgi ikki ön yil içidagi “slanets inqilobi”ning ta’sirini aks ettiradi.

Xitoy ham eng katta gaz zaxiralariga ega davlatlar qatoriga kiradi, biroq içki talabning ulkanligi sabab, hatto sezilarli resurslar mavjud bölgan taqdirda ham mamlakat importga kuçli darajada boğliq bölib qolmoqda.

Zaxiralari nisbatan kamroq bölgan davlatlar — jumladan Norvegiya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya baribir rivojlangan infratuzilma va yirik iste’mol bozorlariga yaqinligi tufayli mintaqaviy darajada muhim rol öynaydi. Şunga qaramay, Yevropada bir qator mamlakatlarning zaxiralari qisqarib borayotgani qit’aning import gaziga qaramligi ortib borayotganini körsatadi.

Özbekiston ham tabiiy gaz zaxiralari bilan boy mamlakatlardan biri. Mamlakatning isbotlangan tabiiy gaz zaxiralari hajmi taxminan 1,8–1,97 trillion kub metr atrofida baholanadi, bu esa Özbekistonni dunyoda 20-25-örinlar atrofida turişini körsatadi.

Bu gaz zaxiralari mamlakatning energetika ta’minoti va sanoat uçun mustahkam bazani beradi, hamda uzoq muddatli foydalaniş uçun asos bölib xizmat qiladi.

Özbekiston gazni nafaqat içki ehtiyoj uçun iste’mol qiladi, balki qöşni mamlakatlarga ham eksport qiladi. Mamlakatda köplab gaz konlari mavjud bölib, eng yiriklaridan biri — Gazli maydonidir.