
Agar siz internet hammada bor deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Biz, ya'ni tajribali tarmoq yuzerlari uchun bu g‘alati tuyulishi mumkin, ammo hozirga qadar ko‘plab odamlar Internet taqdim etadigan afzalliklardan foydalanish imkoniga (yoki xohishiga) ega emas.
Ba'zilarda internetga ulanish bilan muntazam muammolar bo‘lishi, boshqalarda Internetning o‘zi bo‘lmasligi, yana o‘zgalarda esa ilova-messenjerni o‘rnatish uchun zamonaviy devaysni sotib olish imkoniyati yo‘q bo‘lishi mumkin. Onalarimiz va buvilarimiz mobil telefondan emas, balki “shahar” telefoni orqali gaplashishga o‘rgangan – bu ular uchun qulay, buning ustiga yaxshiroq ham eshitiladi. Albatta, bu ularning huquqi.
Agar siz Internetdan xoli bo‘lgan tug‘ilib o‘sgan mahallangizdan juda olisda bo‘lsangiz, uyingizda faqat statsionar telefon barqaror ishlayotgan, rouming orqali qo‘ng‘iroq qilish esa juda qimmat bo‘lsa, nima qilish mumkin?
Out-qo‘ng‘iroqlar tizimi statsionar va mobil telefon raqamlariga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirgan holda bepul aloqadan foydalanish imkonini beradi.
Yangi funksionaldan foydalanish uchun Pinngle ilovasini yangilashni unutmang!

Pinngle bepul messenjeri butun dunyo bo‘ylab statsionar va mobil telefonlarga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati integratsiyalangan relizni chiqardi.
Siz reklamani tomosha qilasiz, keyin Pinngle-out tizimi statsionar apparatlar va Pinngle messenjeri o‘rnatilmagan mobil telefonlarga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiradi.
Hammasi juda oddiy va qiziqarli: Pinngle credit’ga kirasiz, ruletkani aylantirasiz, qisqa va qiziqarli reklama videosini tomosha qilasiz hamda Pinngle credit’dagi hisobingizga ball to‘playsiz. Bu ballarni dunyoning turli mamlakatlaridagi shahar raqamlariga va Pinngle o‘rnatilmagan mobil telefonlarga qo‘ng‘iroq qilgan holda sarflashingiz mumkin.







