Jahon | 19:01 / 23.04.2017
6368
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada saylov: Dengiz orti hududlaridan kutilmagan natijalar

22 aprel kuni Fransiyaning dengiz ortidagi hududlarida prezident saylovi boshlangandi. Ayni vaqtga kelib ushbu hududlarda o‘tkazilgan ovoz berishlar natijalari ma'lum bo‘lgan.

RTBF telekanali ma'lumotiga ko‘ra, Sen-Per va Mikelonda «Bo‘ysunmas Fransiya» harakati rahbari Jan-Lyuk Melanshon 35,45 foiz ovoz to‘plagan, Fransiya prezidentligiga «Milliy front» partiyasidan nomzod bo‘lgan Marin Le Pen — 18,16 foiz ovoz olgan, mamlakatning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron — 17,97 foiz, Fransiyaning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon — 9,32 foiz saylovchining qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lgan.

Martinikada Melanshon 27,36 foiz ovoz bilan ustunlikka erishgan, Makron — 25,53 foiz, Fiyon — 16,85 foiz, Le Pen — 10,94 foiz ovoz olgan.

Frantsuz Gvianasida Melanshon 24,72 foiz kishining ishonchiga sazovor bo‘ldi, Le Penga — 24,29 foiz, Makronga — 18,75 foiz, Fiyonga — 14,66 foiz kishi ishonch bildirgan.

Gvadelupada Makron ustun kelgan —  30,32 foiz. Melanshon — 23,99 foiz, Fiyon — 14,87 foiz, Le Pen — 13,47 foiz to‘plagan.

Saylovchilar ro‘yxatida qayd etilgan 45 milliondan ortiq fransuz 11 nomzod orasidan 7 may kuni ikkinchi bosqichda prezidentlik lavozimi uchun kurashadigan ikki nafar nomzodni aniqlab beradi.

Prezidentlik poygasida «Marshda» harakati asoschisi Emmanyuyel Makron va «Milliy front» yetakchisi Marin Le Pen yetakchilik qilgandi. Oxirgi so‘rovlar aynan shu siyosatchilarda ikkinchi bosqichga chiqish imkoniyati ko‘proqligini ko‘rsatgandi.

Mavzuga oid