1912 yilda falokatga uçragan "Titanik" bortida işlagan styuardessa Meybl Bennettga tegişli pöstin (şuba) "Titanik" xotirasiga bağişlangan auksionda 181 ming funt sterlingga (232 ming dollarga) sotildi. Bu auksion Britaniyada Henry Aldridge&Son tomonidan taşkil etildi.  

Avvalroq mutaxassislar pöstin auksionda 80 ming funt sterlingga (102 ming dollar) sotilişi mumkinligini aytişgandi.  

Bennett kemaga qutqaruv qayiqlari yetib kelganda uşbu pöstinni tungi köylagi ustidan taşlab olgan. 

Maş'um kemaning birinçi sinfida işlagan styuardessa bu pöstinni şuningdek "Titanik"ning omon qolgan yölovçilarini Britaniyaga yetkazgan Red Star Line SS Lapland kemasida ham kiyib yurgan.

Bennett oilasi bu pöstinni 1999 yilda sotib yuborgaç, u AQŞdagi muzeyda saqlanib kelinayotgandi.