Amerikaning Arkanzas ştatida 4 yoşli qizça harakatlanayotgan avtobusdan katta yölga tuşib qoldi. Avtobus yonidan ötib ketayotgan avtomobillardan birining haydovçisi uni qutqarişga muvaffaq böldi. WBRC telekanalida şu haqida xabar berildi.
Xaloskorning sözlariga köra, u maşinasini boşqarib ketayotgan vaqtida avtobusning orqa eşigi oçilib, qizçaning osilib qolganini körgan. Qizça eşikni uzoq uşlab tura olmay, avtomobillar qatnaydigan yölga tuşib qolgan. Avtomobil haydovçisi töxtab, qizçaga yordamga şoşilgan. Qizçaning yoniga kelganida u huşsiz yotardi.
"U öziga kelib, onasini çaqira boşladi. Bunga qaraş oğir edi", - deydi haydovçi. U tez yordam brigadasini çaqirib, bola bilan birga şifoxonaga borgan.
Ma'lumotlarga köra, qizçaning jağ sohasi singan va u operatsiyaga muhtoj.







